18:02 / 11.01.2023
3447

Noqulay ob-havo sabab Uzbekistan Airways’ning 7 ta reysi kechiktirildi

Foto: Kun.uz

11 yanvar kuni kuzatilgan sovuq va tumanli ob-havo sababli Uzbekistan Airways parvozlari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli quyidagi reyslar kechikib amalga oshiriladi:

  • HY081/082 Toshkent–Farg‘ona–Toshkent;
  • HY277/HY278 Farg‘ona–Istanbul– Farg‘ona;
  • HY069 Toshkent–Termiz;
  • HY609 Termiz–Moskva;
  • HY633/HY634 Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent;
  • HY045 Toshkent–Samarqand;
  • HY9857/HY9858 Namangan–Ufa–Namangan.

Shuningdek, HY073/HY074 Namangan–Buxoro–Namangan va HY047/HY048 Namangan–Samarqand–Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilingan. Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan aviaqatnovlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Top