22:26 / 12.01.2023
20369

«Tolibon» Afg‘oniston tarixidagi ilk superkarni taqdim etdi 

Mashina mahalliy kompaniya muhandislari tomonidan 5 yil davomida ishlab chiqilgan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Afg‘onistonning ENTOP kompaniyasi muhandislari o‘z mamlakati tarixidagi Mada 9 deb nomlangan va kompozit materiallardan tayyorlangan birinchi superkar prototipini taqdim etdi. 

Afg‘onistondagi hokimiyatni nazorat qiluvchi «Tolibon» harakati vakili Zabihullo Mujohid superkar suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Shuningdek, ushbu mashina yurti uchun faxr ekanini aytib, besh yil davomida bu model ustida ishlagan barcha mutaxassislarga minnatdorchilik bildirdi. 

ENTOP kompaniyasi rahbari Muhammad Rizo Ahmadiy Mada 9 avtomobili Afg‘onistonning jahon miqyosidagi obro‘sini yaxshilashga yordam berishiga ishonch bildirdi. Biroq u avtomobilning texnik xususiyatlarini oshkor qilmadi.

Top