Qayd etilishicha, hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyat sharoitida mamlakat barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni davom ettiradi. Yaqin qo‘shnilar bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Shu bilan birga, mintaqadagi davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish rejalashtirilmoqda.

Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish esa asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qolishi ta’kidlandi.