Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati eski namunadagi guvohnomalarni yangi namunaga almashtirish muddatlari to‘g‘risida eslatma bilan chiqdi.
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.