20 fevral kuni yöl harakati xavfsizligi tizimini takomillaştiriş munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartirişlar kiritildi. Mazkur qonun bilan MjtKga «Yöl bezoriligi» deb nomlangan yangi 128-10-modda qöşildi.
Unga köra, yöl bezoriligi, ya’ni:
- transport vositalari haydovçilarining boşqa transport vositalarining harakatiga qasddan tösqinlik qilişi;
- harakatlaniş burçagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirişi (drift);
- öz yönalişida harakatlaniş bölagini sababsiz keskin ravişda uç va undan ortiq marta uzluksiz özgartirişi (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etiş mustasno);
- yoki yöl harakati iştirokçilarining xavfsiz harakatlanişiga tahdid soluvçi yoxud transport vositasida yöl harakatining boşqa iştirokçilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boşqa xatti-harakatlarni namoyişkorona sodir etişi
- transport vositalarini boşqariş huquqidan 1 yildan 2 yilgaça muddatga mahrum qilib, BHMning yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan yoki transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa, BHMning 50 baravari miqdorida jarima solişga yoki 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.








