11:51 / 21.01.2023
10523

Toshkent shahri ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti

Foto: KUN.UZ

Poytaxtning Olmazor hamda Chilonzor tumanlari ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Bugun, 21 yanvar kuni joylardagi turli quvvatdagi elektr qurilmalari va kabel tarmoqlarining shikastlanishi natijasida ayrim hududlarda nosozliklar yuzaga kelmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlarida avariyadan yuzaga kelgan nosozliklarni ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, ayrim tumanlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Qayd etilishicha, Olmazor tumanining: «Ibrohim ota» MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida, Chilonzor tumanining: «1-Charx Kamolon» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirilgan.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Chilonzor hamda Olmazor TETK tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Top