10:55 / 26.01.2023
4026

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bishkekda ikki tomonlama munosabatlar bazasini inventarizatsiya qildi

Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo AA

24-25 yanvar kunlari tomonlar amaldagi shartnomaviy-huquqiy bazaning bugungi holati hamda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini yangilash va kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda ekspertlar ikki davlatning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish tajribasiga, jumladan, xalqaro huquqni izchil rivojlantirish va kodifikatsiyalash masalalariga ham e’tibor qaratdi. Xalqaro shartnomalarni nashr etish, ularni yagona elektron hisobga olish va arxivlashni yuritish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Maslahatlashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolandi. Maslahatlashuvlar 2022 yil 3 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida bo‘lib o‘tdi.

Top