Yer silkinishi kuchi 3 ballni tashkil qildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 28 yanvar kuni soat 18:13 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Yer silkinishi episentri Toshkentdan 331 km janubiy-sharqda, Andijon viloyati, Xonobod tumanida, 15 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila kuchi 3 ballni tashkil qilgan.
Yetkazilgan zarar, jabrlanganlar va qurbonlar haqida xabar berilmadi.