13:30 / 31.01.2023
14347

ISW: Rossiya Ukraina sharqida yirik hujumga tayyorlanyapti

Rossiya Donbassda qo‘shinlarini to‘plashda davom etmoqda va yaqin oylarda, ehtimol, Luhansk viloyatida yirik hujumni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) o‘zining yangi hisobotida. 

Donbass / Foto: AP

Institut tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bundan Rossiya, Ukraina va G‘arb manbalaridan kelib tushayotgan ma’lumotlar dalolat beradi. 

Xususan, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 30 yanvar kuni Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini, aksincha vaziyat kuzatilayotganini aytdi. 

Rossiya Federatsiyasi yana 200 ming kishini safarbar qilishi mumkin, o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytiryapti hamda ularni Eron va Shimoliy Koreya kabi do‘stona avtoritar rejimlardan olyapti, dedi Stoltenberg. 

Putin Ukrainada o‘zining «maksimalistik maqsadlari»ni saqlab qolgan, deya xulosa qildi NATO bosh kotibi. 

Ukraina Quruqlikdagi kuchlari Zaxira kengashi rahbari Ivan Timochko ham Rossiya Qurolli kuchlari bo‘lajak hujum uchun Donbassda o‘z guruhlarini kuchaytirmoqda, deb hisoblaydi. 

Uning fikricha, Kremlni g‘alaba qozonishni istaydigan rossiyaliklarning «ortib borayotgan ichki bosimi» bunday hujumkor harakatlarga undamoqda. 

ISW, shuningdek, rossiyalik mikroblogerlarning «Rossiya Telegram-kanalidan ma’lumot tarqatayotgani»ga e’tibor qaratgan. Ular hal qiluvchi yutuqni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan asosiy kuchlar «hali jangga qo‘shilmagani»ni bildiryapti. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top