Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mendirman Jaloliddin”dan so‘ng Mehmet Bozdag‘ Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek haqida ham serial olmoqchiligini ma’lum qildi
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan turk kinoijodkorlari hamkorligida ishlangan “Mendirman Jaloliddin” seriali prodyuseri Mehmet Bozdag‘ serial va O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mehmet Bozdag‘
"Tarixiy serial suratga olish taklifi tushganida juda hayajonlandim. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashuvdan so‘ng Jaloliddin Manguberdi haqida serial olishni boshladik. Suratga olish jarayonida juda ko‘p insonlar mehnat qilishdi, bosh tashabbuskor albatta, Ozodbek Nazarbekov bo‘ldi, — dedi Bozdag‘, — “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialining suratga olish jarayonida o‘zbek hamkasblarimiz bilan tajriba almashdik. Ta’kidlash joizki, tarixiy serialni suratga olish juda mas’uliyatli va mashaqqatli jarayon. Aktyorlar 50–55 daraja issiqda ham og‘ir zirhli kiyimlar bilan harakat qilishdi. Otlar qatnashgan sahnalar ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bilan kechdi. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek va turk aktyorlari o‘z vazifalarini zavq va mas’uliyat bilan bajarishdi”.

Prodyuser ushbu loyiha sabab u bolalikdan orzu qilib yurgan Samarqand, Buxoro va Xivaga sayohat qilganini aytib, tarixiy kino olish borasida o‘zini yana bir bor sinab ko‘rish imkoniyatini berganlarga minnatdorchilik bildirgan.
Kelgusida esa Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Abdulatif, Ali Qushchi, Fotih Sulton kabi ulug‘ tarixiy shaxslar hayotiga oid seriallarni suratga olish niyatida ekanligini ham ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

21:45 / 28.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi

16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi

18:07 / 22.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 maygacha yopildi

11:09 / 22.03.2025