18:37 / 09.02.2023
7004

2022 yilda 27 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

Har kuni o‘rtacha 74 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 27 ming 220 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston beshinchi o‘rinda bormoqda. Har kuni o‘rtacha 74 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Umuman olganda, 2022 yilda 691 ming 45 nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda Ukraina fuqarolari – 296 ming 901 kishi Rossiya fuqaroligini olgan.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston – 173 ming 634 kishi. Uchinchi o‘rinda Armaniston – 45 ming 86 kishi, to‘rtinchi o‘rinda Qozog‘iston – 42 ming 10 kishi. O‘zbekiston – beshinchi o‘rinda.

Top