16:30 / 12.02.2023
16365

13 fevral kuni ayrim hududlarda harorat 12 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi 13 fevral, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...–3 daraja sovuq, kunduzi +5...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja sovuq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja sovuq, kunduzi +4...+9 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi +4...+9 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +6...+11 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –0...–5 daraja sovuq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –4...–9 daraja sovuq, kunduzi –3...+2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top