O‘zbekiston | 11:39
7333
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda

22–24 yanvar kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. O‘zgidromet hududlarda qor yog‘ishi, ba’zi joylarda yaxmalak kuzatilishi, shamol tezligi kuchayishidan ogohlantirdi. Harorat kechalari –3…–8, shimolda –12…–15 darajagacha pasayadi.

Foto: Kun.uz

22–24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi, deya ogohlantirmoqda O‘zgidromet.

Payshanba kuni va juma kechasi va ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 22–23 yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

22–24 yanvar kunlari harorat kechalari –3…–8 darajagacha, kunduz kunlari –3…+2 darajagacha, shimolda kechalari –12…–15 darajagacha, kunduz kunlari –2…–5 darajagacha pasayadi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga oid