Duşanba va seşanba kunlari Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.

19 yanvar kuni faqat Navoiy viloyatida va ertalab Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida biroz qor yoğadi. 20 yanvar kuni faqat respublikaning janubiy-ğarbiy hududlari böyiça keçqurun yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin.

21–23 yanvar kunlari Özbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.

Haftaning birinçi yarmida havo harorati keçalari –3…+2 daraja, kunduz kunlari +3…+8 daraja atrofida böladi. Haftaning ikkinçi yarmida harorat asta-sekin keçalari –2…–7 darajagaça, kunduz kunlari –2…+3 darajagaça pasayadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida uşub hafta davomida harorat asosan keçalari –8…–13 daraja, kunduz kunlari 0…–5 daraja, 23 yanvarga kelib +3 darajagaça böladi.

Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. 21–22 yanvarda respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi. Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi, qor köçişi xavfi bor.

Toşkent şahrida 19–21 yanvarda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan keçalari –2…+1 daraja, duşanba va seşanba kunduz kunlari +3…+6 daraja, çorşanba kuni +7…+9 daraja böladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.

22–23 yanvarda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Harorat 22 yanvarda keçasi va kunduzi 0…+2 daraja, 23 yanvarda keçasi –3…–6 daraja, kunduzi 0 daraja atrofida böladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.