16:11 / 13.02.2023
23994

Baxmutdagi ukrain askarlari va evakuatsiya vaqti jon bergan ayol. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 354-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Baxmutdan yetti kilometr masofadagi Krasnaya Gora posyolkasini egallaganini ma’lum qildi.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 200 nafar jismoniy shaxslarga sanksiyalar qo‘lladi. Ular orasida — Rosenergoatom rahbari Andrey Petrov va Vladimir Putinning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ham bor.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi so‘nggi ikki haftada Rossiya Ukrainaga bosqin boshidan buyon eng jiddiy yo‘qotishlarga uchragan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.
  • AQSh elchixonasi ikki davlat fuqaroligiga ega shaxslar majburan safarbar qilinishi mumkinligi tufayli Amerika fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi.

Kun kadri. Svyatogorskda portlab ketgan Rossiya tanki

Donetsk oblasti Svyatogorsk shahrida RF armiyasining portlab ketgan tanki qor ostida qolgan. Shahar Donetskdan 160 kilometr masofada joylashgan, bu hudud 2022 yil 10 iyunida Rossiya qo‘shini tomonidan bosib olingan. Shu bilan birga, Shimoliy Don daryosining narigi sohilidagi Svyatogorskaya lavr ibodatxonasi Ukraina nazoratida qolgan. Monastirda nafaqat monaxlar, balki tinch aholi vakillari ham yashiringandi. Ukraina qurolli kuchlari Svyatogorskni sentabr oyidagi qarshi hujum chog‘ida ozod etdi. Shundan so‘ng lavrga atrofdagi shahar va qishloqlardan uylari vayron bo‘lgan yuzlab kishilar kelib joylashdi. Bundan tashqari, monastirda gumanitar yordam yig‘ish markazi ochildi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Baxmut g‘arbidagi Chasiv Yar shahridan evakuatsiya jarayoni 

Chasiv Yarda yashovchi Olga evakuatsiya vaqtida 89 yoshli qo‘shnisi Lidiyaga yordam bermoqda. Baxmutga ta’minot yetkaziladigan yo‘llardan biri aynan Chasiv Yar orqali o‘tadi, Baxmut bu yerdan 20 kilometr sharqda joylashgan. Shuning uchun so‘nggi vaqtlarda Chasiv Yar Rossiya qo‘shinlari uchun nishonga aylandi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Olga ko‘ngillilarga Chasiv Yar aholisini evakuatsiya qilishda yordam bermoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda yashovchi Sergey o‘zining 75 yoshli qaynonasi Raisani evakuatsiya vaqtida avtomobilga olib bormoqda
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Og‘ir betob bo‘lgan Raisa evakuatsiya vaqti vafot etdi
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Kramatorskdagi hayot

Ukraina nazoratidagi Kramatorsk shahri bosib olingan Donetsk shahridan yuz kilometr shimolda joylashgan. RF qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutadi: xususan, 1 fevral kuni kechqurun rossiyaliklar raketasi Kramatorsk markazidagi ko‘p qavatli uyga kelib tushgan, besh kishi halok bo‘lgan.

Kramatorskdagi ko‘cha bozori
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
«Kovcheg Spaseniya» yevangeliya cherkovida insonparvarlik yordami tarqatilishi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorskda yashovchi ayol uch yoshli o‘g‘lini chanada olib ketmoqda. Uning qo‘lida — insonparvarlik yordami
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy uch oylik ayriliqdan keyin rafiqasi va qizi bilan uchrashdi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Mikolayivda ichimlik suvi bilan bog‘liq holat

Mikolayivliklar plastik idishlariga suv olmoqda. Shaharda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo bahordayoq boshlangan — haligacha bu muammoni to‘liq bartaraf etish imkoni bo‘lmayapti
Jose Colon Toscano / Anad​olu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mikolayiv aholisi suv solingan idishlari bilan tramvayga chiqmoqda
Jose Colon Toscano / Anad​olu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutdagi ukrain askarlari

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilishicha, ukrain harbiylari Baxmut shahrini himoya qilishda davom etmoqda — Donetsk oblastidagi bu shaharga Rossiya qo‘shini 2022 yil iyulidan buyon to‘xtovsiz hujum qilmoqda. 12 fevral kuni Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmutdan yetti kilometr shimoldagi Krasnaya Gora posyolkasi egallangani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi va RF mudofaa vazirligi bu xabarga izoh bermagan. Quyidagi suratlarda yarim yillik qamaldan keyingi Baxmut ko‘chalaridagi vaziyat aks etgan.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Chasiv Yarda Maksim Gorkiy haykali

 

Chasiv Yardagi parkda yozuvchi Maksim Gorkiyga o‘rnatilgan yodgorlikning boshi kesib ketilgan. Ukrainaga bosqin boshlangach, inqilobgacha bo‘lgan davrdagi Rossiya va SSSR davri arboblarining yodgorliklarini yoppasiga olib tashlash jarayoni boshlandi. 2022 yil davomida Aleksandr Pushkinning qariyb 30 ta haykali, shuningdek Yekaterina II va Aleksandr Suvorov, Georgiy Jukov hamda sovet askarlarining 20 ga yaqin yodgorliklari demontaj qilingan. Foto: John Moore / Getty Images

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top