Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi rahbar tayinlandi.
Abdirimov Zafar Otanazarovich - Hazorasp tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat yuritgan.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Avvalroq, Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Rustamovich Masharipov Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Jumaniyozov Ruslan Rustamovich - Yangibozor tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Urganch tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi
Avvalroq, Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qo‘chqorovich Qurbonov salomatligi tufayli, o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan edi.