Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi Öktamboy Qöçqoroviç Qurbonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda UzA manbasi xabar bermoqda.

Kun.uz manbasiga köra, u salomatligidagi muammo tufayli öz xohişiga köra işdan ketgan.

Endilikda Zafar Atanazaroviç Abdirimov Xazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Z.Abdirimov bunga qadar Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati edi. 

Öktamboy Qurbonov muqaddam Hazorasp tumani hokimi bölib işlagan, 2018 yil dekabrida Xorazm viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga kötarilgandi. 2020 yil mart oyida esa Yangibozor tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Öktamboy Qurbonov prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi birinçi örinbosari Qahramon Quronboyevning akasi hisoblanadi.

2021 yil dekabrida internetda uşbu hokim fermerlarni haqorat qilgani aks etgan audio tarqalgan, ammo unga çora körilmagandi.