11:54 / 17.02.2023
6783

AQSh va ittifoqchilar 24 fevralga «katta sanksiyalar paketi»ni tayyorlamoqda

AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarining bir yilligi munosabati bilan Moskvaga qarshi yirik sanksiyalar paketini joriy qiladi, deb xabar berdi AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland. 

Viktoriya Nuland / Foto: AP

«24 fevralga yaqinroq siz AQSh va G7’dagi barcha hamkorlarimiz tomonidan joriy etiladigan katta yangi sanksiyalar paketini ko‘rasiz», dedi Nuland jurnalistlarga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sanksiyalar avvalgi cheklovlarni, xususan, Rossiya mudofaa sanoatiga texnologiyalar yetkazib berishni «chuqurlashtiradi va kengaytiradi». 

G‘arb davlatlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan yoki uni qo‘llab-quvvatlagan shaxslarga ham shaxsiy sanksiyalar tayyorlamoqda. 

Rossiya Federatsiyasiga allaqachon kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan davlatlar ham cheklovlarga duch kelishi mumkin. 

Bundan tashqari, Rossiya banklariga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top