16:53 / 17.02.2023
12970

Pora bilan qo‘lga tushgan sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berildi

Sudyalar Oliy Kengashi – Bosh prokuror taqdimnomasiga muvofiq Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I.B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi. Kun.uz avvalroq, ushbu sudya 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olinganini xabar qilgan edi.

Foto: Vladislav Lonshakov

17 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Kengash yig‘ilishida, shuningdek I.B.ning sudyalik vakolati ham to‘xtatilgan. Sudyalar oliy kengashi tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, ishning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmasligini bildirdi.

Avvalroq, Kun.uz o‘z manbalariga tayanib, JIB Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olinganini xabar bergan edi.

Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati amaldagi sudyaga nisbatan shunday tadbir bo‘lganini tasdiqlagan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda JIB Yashnobod tuman sudining 6 nafar sudyasi bo‘lib, ularning ro‘yxati quyida keltirilgan.

Top