Sud-huquq tizimini isloh qiliş va uning oçiqligi hamda adolatli işlaşini ta’minlaşga qaratilgan işlar izçil davom ettirilişi ma’lum qilindi. Odil sudlov jarayoni “raqamli sud” konsepsiyasi asosida taşkil etilayotgani, bu jarayonda tergovni ham raqamlaştiriş orqali inson huquqlari himoyasini kuçaytiriş maqsad qilingani qayd etildi.
Rejaga köra, jinoyat haqidagi arizani qabul qilişdan tortib, işni sudga ötkazişgaça bölgan bosqiçlarda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Bu orqali inson omilini kamaytiriş, jarayonlarning şaffofligi va nazoratini kuçaytiriş közda tutilmoqda.
Şuningdek, mamlakatda tergov sudyalari iş boşlagani xalqaro tan olingan “xabeas korpus” institutini qöllaşning navbatdagi muhim bosqiçi bölgani ta’kidlandi. Ma’lum qilinişiça, 2026 yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov çoralarini özgartiriş hamda bekor qiliş vakolatlari ham beriladi.
Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlaş, tergov jarayonlaridagi asossiz çeklovlar oldini oliş hamda sud nazoratini kuçaytiriş mazkur özgarişlarning asosiy maqsadlaridan biri ekani bildirildi.












