14:01 / 18.02.2023
6676

Afg‘onistonda 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilyapti.

18 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:39 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 36,37 gradus shimoliy kenglik; 70,83 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=4,5. Chuqurlik 212 km. Zilzila episentri Toshkentdan 562 km janubi-sharqda.

Top