08:31 / 21.02.2023
18654

Yanvarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd dollarga yetdi

2023 yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2021 yilning yanvariga nisbatan 1,5 mlrd AQSh dollariga yoki 42 foizga ko‘paydi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 2,1 mlrd AQSh dollari va import 2,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida jahonning 134 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 17,2 foizga o‘sib, 7,5 milliard AQSh dollariga yetgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu mamlakat umumiy savdo hajmining 15 foiziga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti 3,1 mlrd dollarni (o‘sish 15,4 foiz), importi esa 4,4 mlrd dollarni (o‘sish 18,6 foiz) tashkil etdi.

Top