16:01 / 24.02.2023
8360

AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi tafsilotlarini oshkor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. 

Foto: AP

Unga, xususan, Himars yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar, lazer bilan boshqariladigan raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, dronlarning bir nechta turlari, shu jumladan modernizatsiya qilingan Switchblade 600 kamikadze dronlari, Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi jangovar qurollar, elektron urushlarni aniqlash uchun uskunalar , artilleriya o‘q-dorilari, shuningdek, minalarni tozalash uchun uskunalar kiradi

Pentagon birinchi marta Ukraina oladigan o‘q-dorilar miqdori haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

Rossiya to‘liq miqyosli bosqin boshlanganidan beri Ukrainaga qarata 5 mingga yaqin raketa uchirdi, deb xabar bergandi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, brigada generali Oleksiy Gromov brifingda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni, shuningdek, o‘tgan yil davomida 3500 ta havo hujumi va 1100 ga yaqin dron hujumlarini amalga oshirgan. 

Faqat shu yilning fevral oyida Ukraina Qurolli kuchlari oltita samolyot, ikkita vertolyot, 80 ta qanotli raketa va 84 ta dushman dronini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi, dedi Gromov.

Top