17:29 / 24.02.2023
12710

Foto: Prezident savdo majmuasidagi narxlar va xizmatlarni ko‘zdan kechirdi

Prezident Qarshidagi supermarketlardan biriga kirib, xaridorlar bilan suhbatlashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarga chiqqanda xalq ichiga kirib, aholi turmush darajasini yaqindan o‘rganadi. Turmush darajasi esa, avvalo, ichki bozordagi mahsulotlarda, narx-navoda namoyon bo‘ladi.

Yangi yil arafasida Qarshi shahrida ko‘p qavatli savdo majmuasi ishga tushgan edi. Unda oziq-ovqat, maishiy texnika, xo‘jalik mollari do‘konlari va ko‘ngilochar maskanlar joylashgan.

Bugun prezident ushbu majmuaga tashrif buyurib, oziq-ovqat va maishiy texnika do‘konlarini kirib ko‘rdi. Mahsulotlarning sifati va narxlariga e’tibor qaratdi. Ularning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilayotganini yuqori baholadi.

Xaridorlar bilan suhbatda davlat rahbari oziq-ovqat mahsulotlarining narxi va xizmatlar haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi.

Mavzuga oid
Top