Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla va ko‘chalarga boshqa nom berish uchun aholi qayerga murojaat qilish kerak?
Geografik obektlarga nom berishda aholi fikri albatta inobatga olinadi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan buning tartibi aniqlashtirildi. Kadastr agentligi mas’ullari bunday takliflar qanday taqdim etilishi haqida so‘zlab berishdi.
24 fevral kuni milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i Ixtiyor Ergashev «Geografik obektlar nomlari to‘g‘risida»gi qonunda obektlarni nomlashda mahalliy aholining fikrini hisobga olish belgilangan bo‘lsa-da, uning tartibi ochib berilmaganiga urg‘u berdi.
«Natijada, amaliyotda turli muammolarga duch kelingan. Amalda aholi punktlariga nom berish tuman, shahar deputatlari kengashlariga berilgani sababli tarkibida bir nechta tumanlar bo‘lgan Toshkent, Namangan kabi shaharlar, Tuman va shahar nomi o‘xshash bo‘lgan Shahrisabz va Kattaqo‘rg‘on kabi shaharlarda ikki va undan ortiq tumanlarni kesib o‘tgan geografik obektlarga nom berish yoki qayta nomlash uchun har bir shahar/tuman kengashi qaror chiqargan. Shuning uchun bitta hudud ikki xil nomlanib qolgan holatlar ham kuzatilgan», – dedi Ixtiyor Ergashev.
Endi esa geografik obektlarni nomlashda aholi fikrini inobat olish tartibining aniq mexanizmlari belgilandi. 2022 yilda qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, geografik obektlarni nomlash uchun aholi mahalla fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilishi yoki Kadastr agentligining «Geografik obektlarning davlat reyestri» veb-portali orqali taklif berishi mumkin.
«Asosiy masala shundaki, takliflar tumandagi hududiy komissiya, ya’ni tuman hokimligiga kelib tushadi va u yerda ko‘rib chiqiladi. Keyin [taklif qilingan] nomni qabul qilish bo‘yicha viloyat komissiyasiga yuboriladi va davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi. Bu ketma-ketliklar qonunda belgilab o‘tilgan. Qonun qo‘shimcha hujjatlarsiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan normalar belgilangan», – dedi agentlik mas’uli.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:05
-
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi
Sport | 08:21
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:07 / 19.12.2022
Toshkentliklar geografik obektlarni nomlashda onlayn qatnashishi mumkin bo‘ldi

11:50 / 23.06.2022