«Davlat tili haqida»gi va «Geografik obektlarning nomlari töğrisida»gi qonunlar talablari asosida davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlaştirilgan hamda yangi nom berilgan 121 ta geografik obekt nomlarini öz içiga olgan:

  • davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlaştirilgan toğ tizmalari, toğ va çöqqilar nomlari röyxati;
  • yangi nom berilayotgan toğ tizmalari, toğ va çöqqilar nomlari röyxati tasdiqlanadi.

Belgilab qöyilişiça, normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur tasdiqlangan nomlardan foydalaniladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Kadastr agentligi, Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Sport vazirligi, Fanlar akademiyasi, «Özarxiv» agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

  • toğ tizmalari, toğ va çöqqilar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlaştirilişi hamda yangi nom berilişi munosabati bilan tegişli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazasiga özgartiriş kiritiş böyiça zarur çoralarni köradi;
  • tegişli vazirliklar va idoralarning malakali xodimlari hamda geologiya, geografiya, filologiya, tarix sohasining olimlari va mutaxassislaridan iborat işçi guruh tuziş, mavjud xarita va ma’lumotlar asosida Ekologiya vazirligi tasarrufida bölgan yer maydonlarida joylaşgan toğ tizmalari va ulardagi tabiiy obektlar, jumladan, toğlar, çöqqilar, daralar, dovonlar, ğorlar, köllar, soylar, buloqlar va şarşaralarning nomlari röyxatini şakllantiradi;
  • toğ tizmalari, toğ va çöqqilar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlaştiruvçi idoralararo respublika işçi guruhi taşkil etiladi;
  • işçi guruhni hududlarga yuborgan holda Ekologiya vazirligi tasarrufida bölgan yer maydonlarida joylaşgan toğ tizmalari va ulardagi tabiiy obektlar, jumladan, ekoturizm obektlari bölgan toğlar, çöqqilar, daralar, dovonlar, ğorlar, köllar, soylar, buloqlar va şarşaralaring nomlari va ularning izohi, joylaşuvi va ma’lumotlarini jamlagan holda xatlovdan ötkazadi;
  • bosqiçma-bosqiç toğ tizmalari va ulardagi tabiiy obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalarini tizimli yölga qöyiş maqsadida «Davlat tili haqida»gi va «Geografik obektlarning nomlari töğrisida»gi qonunlarida belgilangan talablardan kelib çiqib özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça hukumat qarori loyihasini işlab çiqib, örnatilgan tartibda kiritadi.