Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan işlab çiqilgan — “Geografik obektlarning nomlari töğrisida”gi qonunga qöşimçalar va özgartiş kiritiş haqida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqildi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasida aholi punktlari tarkibiy qismlariga (mahallalar, şohköçalar, köçalar, maydonlar, boğlar, xiyobonlarga) Özbekiston va jahon tarixida çuqur iz qoldirgan şaxslar ismi-şarifini beriş mexanizmlarini tartibga soliş közda tutilgan.

Şuningdek, loyiha bilan geografik obektlarga nom beriş va ular nomlarini özgartiriş töğrisidagi takliflarni tayyorlaşda mazkur geografik obekt joylaşgan hududda yaşovçi mahalliy aholi fikri hisobga olinişi belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasini yanada takomillaştiriş yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalari bildirilib, birinçi öqişda qabul qilindi.