Zilzila vayron qilgan şahar – Umarşayx Mirzo poytaxt qilgan Axsikent haqida
|22:58 / 25.02.202334 4188 min
Ötmişdagi şaharlarning hammasini ham uruşlar yöq qilib yubormagan. 2,5 ming yillar oldin paydo bölgan qadimgi Farğona poytaxti Axsikent vayron bölişiga kuçli yer qimirlaşi sabab bölgan. «Axsi viloyatida şunday bir ofat yuz berdiki, Sirdaryodan çayqalib çiqqan suv daryo çetidagi dalalarni bosib ketdi. Ulkan daraxtlar ildizi bilan qöporilib, yerga tuşdi», – deb yozgan zilzilaga guvoh bölgan tarixçilardan biri.
Bir paytlar temuriylar poytaxt qilgan Axsikentni yaqin-yaqingaça möğullar vayron qilgan deb yozişardi. Aslida, bu şahar XVII asrgaça mavjud bölib, 1621 yildagi dahşatli zilzila tufayli yer bilan yakson bölgan.
Axsikent qoldiqlari
Axsikent haqida nimalar ma’lum?
Farğona tarixini Axsikent, Axsi madaniyati, Axsi qörğoni nomlarisiz örganiş imkonsiz. Çunki Axsikent eramizdan avvalgi III asrlarda öşa paytdagi Dovon — hozirgi Farğona viloyatining poytaxti, gullab yaşnagan şahar bölgan. Bu joy hozir Sirdaryoning öng sohilida Şahand qişloğiga töğri keladi. Qişloq esa Namanganning Töraqörğon tumaniga qaraydi. Axsikent eramizdan oldingi III asrda qurilgan bölib, unda şişasozlik, kulolçilik, temirçilik, qurolsozlik kabi hunarmandçilik turlari rivojlangan. Buyuk Ipak yöli ötgan hududlardan biri bölgan.
Axsikent qoldiqlari
Bu joyga «Boburnoma»da qovunlarining öxşaşi yöq, ovlanadigan quşlari köp, oq kiyiklari bor deb ta’rif beriladi.
«Sayxun suvining şimoliy tarafidagi şaharlardan biri Axsidir. Kitoblarda Axsikat deb yozadilar. Çunonçi Asiriddin şoirni Asiriddini Axsikatiy deydilar. Farğonada Andijondan keyin bundan yirikroq şahar yöq.
Axsi Andijondan ğarb sari töqqiz yiğoçlik yölda. Umarşayx mirzo buni poytaxt qilgan edi. Sayxun daryosi qörğonining pastidan oqadi. Qörğoni baland jar ustida joylaşgan. Xandaq örnida çuqur jarlar bor. Buni poytaxt qilgan Umarşayx mirzo bir-ikki marotaba taşqariroqdan yana jarlar qazdirdi. Farğonada bunçalik mustahkam qörğon yöq. Mahallalari qörğondan bir şar’iy yiroqroqda joylaşgan. «Qişloq qayerda-yu, daraxtlar qayerda?» maqolini aftidan Axsi uçun aytganlar», – deydi Zahiriddin Muhammad Bobur Axsikent haqida.
Mavzuga oid
Möğullar vayron qilgan degan xato qaraş
Axsikentning butunlay vayron bölib ketişi haqida 2 xil fikr bor. Bu haqda Turon xalqaro universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Tohirjon QozoqovAxsikentning vayron bölişi nomli turkum maqolalarida batafsil töxtalgan.
Ularda aytilişiça, Axsikentni möğullar vayron qilgan degan farazni Namangan ölkaşunoslik muzeyi xodimi bölgan Yu.Çulanov ötgan asrning 50-yillari oxirlarida öylab topgan. Çunki yaqin-yaqingaça Axsikent tarixi faqat arxeologik ma’lumotlarga tayanib örganilgan. Tarixiy manbalardan esa Axsikentni möğullar emas, zilzila vayron qilgani oydinlaşadi.
«Faqatgina kam sonli risola va maqolalardagina Axsikentda hayot 1621 yilgaça davom etib, şahar zilzila sababli vayron bölganligi, Zahiriddin Muhammad Bobur ham tasvirlagan XV-XVI asr Axsi qal’asi bilan IX-XII asrlardagi Axsikent şahri bir makon ekaniga e’tibor qaratildi, xolos. Buning oqibatida Axsikentning 400 yillik tarixi yöqqa çiqarildi. Axsikatiy olimlarning nomlari unutildi», – deb yozadi Qozoqov.
Ma’lum bölişiça, 1332 yilda tarixçi Abul Fido tomonidan yozilgan «Taqvim al-Buldon» asarida Axsikatni Farğonaning qasabasi — qadimiy poytaxti sifatida ta’riflagan, XIII örtalarida esa bu yerdan musulmon olamida maşhur bölgan Axsikatiy taxallusli faqih olimlar yetişib çiqqan.
«Asiriddin Axsikatiy XII asrda yaşab ötgan bölib, möğullar bosqini esa XIII asr boşlarida sodir bölgan edi. Bobur Mirzo e’tirof etganidek, aynan öşa XII asrda Asiriddin Axsikatiy yaşab ötgan şaharni uning otasi (XV asr — T.Q.) poytaxt qilganini yozgan bölsa, qanday qilib uni muğullar vayron qilgan böladi? Aslida manbadagi şu fikrning öziyoq möğul bosqini haqidagi barça taxminlarni yöqqa çiqarar edi», – degan tarixçi.
Yangi Axsining paydo bölişi
Tarixda Eski Axsi zilziladan buzilib ketganidan keyin, tirik qolgan odamlar vayron bölgan şaharga yaqin joyda şahar tiklab, yaşay boşlaganlar. Şu joy esa «Yangi Axsi» nomi bilan atalgan.
Tohirjon Qozoqovning yozişiça, Işoqxon Ibrat Eski va Yangi Axsi atamalari temuriylar davrida mavjud bölmaganini, Axsikent zilzilasidan keyin paydo bölganini yozib qoldirgan. Ya’ni 1621 yilgi zilziladan omon qolgan kişilar şimoliy tomonlarga köçib borib örnaşib, yangi qişloqlar bunyod etganlarini va öşa qişloqlar bir söz bilan «Yangi Axsi», xarobazorga aylangan şahar örni esa, «Eski Axsi», deb atalişini yozib qoldirgan.
Avvalo, Farğona vodiysi umuman xorazmşohlar davlati tarkibiga kirmagan. Qoraxoniylar davlati Sulaymon Arslonxon-Sulaymon binni Yusuf (1032-1040) zamonasida ikkiga bölingaç, Farğona vodiysi, Qoşğar hamda Xötan viloyatlari, Yettisuv, Ili vodiysi Şarqiy Qoraxoniylar davlati deb atalib, Bolasoğundan boşqarilgan. Movarounnahr esa, Ğarbiy Qoraxoniylar tarkibiga kiritilib, Samarqand poytaxt sanalgan, deya tuşuntiradi Qozoqov möğullarning Axsini bosib olişi mantiqan ham töğri emasligi haqida.
9 balldan yuqori yer qimirlaşi
XX asrning 60-70 yillaridagi seysmolog olimlarning tadqiqotlariga köra, 1621 yilda Axsikentda bölgan yer qimirlaşi 9 balldan yuqori bölgan.
«Yer qimirlaşining bu darajada sodir bölişi natijasida deyarli hamma imoratlar qulab, yer massalari qözğalib, hatto toğlarning ham siljişi kuzatilişini mutaxassislar bayon qilişgan. Ya’ni buning uçun zilzilaning tebraniş kuçi 9 balldan yuqori bölişi kerak», – deydi Qozoqov.
Eski Axsi yodgorligini örgangan olim I.A.Kastane zilzila tafsilotlari yozilgan Muhammad Tohir ibn Abulqosimning «Ajoyib at-taboqot» nomli geografik asaridan parçalar keltiradi. Unda muallif öz közi bilan körgan voqealarni hikoya qiladi.
«...1030 hijriy (1620-1621 milodiy) yilda Axsi viloyatida şunday bir ofat yuz berdi. Şunday yer qimirlaşi sodir böldiki, Sirdaryodan çayqalib çiqqan suv daryo çetidagi dalalarni bosib ketdi, suv bilan çiqarib taşlangan baliqlar tipirçiladi va öldi. Ulkan daraxtlar ildizi bilan qöporilib, yerga tuşdi. Kuçli va tez-tez yer qimirlaşidan imoratlar vayron bölib, köp odam qulagan binolarning ostida qolib öldi. Köp odamlarning qöl-oyoqlari sindi, hayvonlar qörqinçdan dalalarga qarab qoçdi. Bu voqealarni körgan pokiza e’tiqodli kişilar va oddiy xalq orasida «qiyomat kuni» haqidagi taxminiy tasavvurlar hosil böldi. Har bir inson öz gunohlari uçun tavba qilib, Buyuk Parvardigordan uni keçirişini söray boşladi. Olti oygaça zilzila şunday bölib turdi. Masalan, birinçi kuni zilzila 70 martagaça borib yetdi. Şunisi qiziqki, eng qattiq zilzila Axsi qörğonining içida bölib, atrof qişloqlarda unça qattiq sezilmadi. Şahardan bir farsax (6-8 km.) masofada esa hatto, heç qanday tovuş ham eşitilmadi», – deyiladi kitobda.
Bugungi Axsikent
Foto: ÖzA
Hozir Farğonada Axsikent xarobalarining 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan. Bu joy Farğona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlik hamdir. Xarobalardan arxeologlar tomonidan temirçilar ustaxonasi, X–XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome masjidi, mudofaa devorlari, yerosti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib örganilgan. Axsikent yodgorligi YuNeSKO Butunjahon madaniy merosi obekti hisoblanadi. Namangan viloyati hokimligi bu hududda Axsikent majmuasi qurilib, turistik joyga aylanişi haqida yozmoqda. Şuningdek, bu yerda muzey taşkil etilib, Axsikentning qadimiy dovruğini tiklaş maqsadida ramziy darvoza qurilişi,sayyohlar uçun Sirdaryo böylab qayiqlarda sayr qiliş, tuyada köhna şaharni tomoşa qiliş imkoniyati ham yaratilişi reja qilingan.