09:36 / 26.02.2023
37085

Chirchiq shahri hokimligi vaqtincha hokim o‘rinbosariga yuklandi

Davron Hidoyatovning sog‘ligi yomonlashgani aytilgan.

Foto: Kun.uz

Chirchiq shahri hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonovga yuklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 24 fevraldagi farmoyishida ma’lum qilingan.

Unda keltirilishicha, Davron Hidoyatovning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Chirchiq shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.

Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.

Davron Hidoyatov 2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangandi, 2021 yil noyabrida esa prezident uni lavozimdan ozod etgan va u Chirchiq shahri hokimligiga tushirilgandi.

Top