Özbekiston prezidentining tegişli farmonlari bilan Davron Abdulfattohoviç Hidoyatov Toşkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi, Zoir Toiroviç Mirzayev Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Zoyir Mirzayev viloyatning sönggi beş yildagi oltinçi rahbari bölmoqda.
Prezident matbuot kotibi xabar berişiça, Davron Hidoyatov Çirçiq şahri hokimi lavozimiga tuşirilgan.
Çirçiq şahriga 2020 yil fevralidan buyon Sanjar Yusupov hokimlik qilib kelayotgandi.
Davron Hidoyatov (1976 yilda tuğilgan) — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va Özbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvçisi. 1996−2004 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boşqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda Özbekiston Markaziy banki tizimida işlagan.
2009 yildan 2012 yilgaça GM Uzbekistan kompaniyasining moliya böyiça ijroçi direktori, 2012 yildan 2014 yilgaça MAN Auto-Uzbekistan QK boş direktori lavozimlarida xizmat qilgan.
2014−2017 yillarda Özbekiston Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni kuçaytiriş davlat qömitasi raisi, 2017−2018 yillarda Çilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Davron Hidoyatov 2021 yil yanvar oyi oxiridan buyon Toşkent viloyati hokimi lavozimida işlayotgan edi.
- U sönggi oylarda matbuotda köp köriniş berayotgandi. Xususan, uning taşabbusi bilan viloyat markazi Nurafşon şahrida Zulfiya Zokirova şarafiga haykal va istirohat boği quriş uçun 28 milliard söm mablağ ajratilgani tanqidlarga sabab bölgandi. Keyinroq Toşkent viloyatida hokim farmoni bilan soliq tölovçilarning jami 1,5 mlrd sömi uçta gazeta obunasi uçun ajratilgani












