Ijtimoiy tarmoqlarda Çirçiq şahridagi 30-sonli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta’lim taşkilotida imkoniyati çeklangan bolalarga nisbatan noörin munosabatda bölingani aks etgan videolavha keng muhokamalarga sabab böldi.
Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi tomonidan işçi guruh tuzilib, tegişli mas’ullar iştirokida xizmat tekşiruvi olib borilmoqda. Xususan, tarbiyaçilar tomonidan uşbu xatti-harakatlarga nega yöl qöyilgani, mehnat intizomi va bolalar huquqlariga rioya etilişi masalalari batafsil örganilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, örganiş jarayonida videolavhada aks etgan holatlar, muassasa rahbariyatining mas’uliyati, şuningdek, bolalar xavfsizligi va psixologik muhitini ta’minlaşga oid çoralar atrofliça tahlil etiladi.
Mas’ul idoralar bildirişiça, xizmat örganuvi yakunlari böyiça qöşimça axborot taqdim etiladi hamda qonunçilikka muvofiq tegişli çoralar köriladi.









