Sankt-Peterburgda «Kover» rejasi bekor qilindi, shahar uzra havo hududi ochilmoqda.

Foto: Global Look Press
Yaqin orada parvozlar qayta tiklanadi, deb xabar berdi 112 Telegram-kanali. Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, havo hududi yopilishiga sabab bo‘lgan noma’lum obekt dastlab Fin ko‘rfazi tomonidan kuzatilgan.
Avvalroq Sankt-Peterburg uzra havo hududi parvozlar uchun yopilgandi, shaharning Pulkovo aeroporti vaqtincha samolyotlarni qabul qilmadi va jo‘natmadi.
Baza va 112 Telegram-kanallari Sankt-Peterburg osmoniga harbiy samolyotlar ko‘tarilgani va shahar hududida «Kover» signali ishlayotgani haqida xabar berishdi. Bu signal shahar havo hududida noma’lum samolyotlar va boshqa obektlar paydo bo‘lganda foydalaniladi.