08:14 / 28.02.2023
24038

Zelenskiy: Baxmut yaqinidagi vaziyat tobora qiyinlashyapti

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida Baxmut hududidagi harbiy vaziyat haqida gapirdi. 

Foto: president.gov.ua

«Men qo‘mondonlarimiz bilan doimiy aloqadaman. Ayniqsa, sharqdagi vaziyat, albatta, Donetsk viloyatidagi vaziyat e’tiborga molik. Baxmut yo‘nalishida vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Dushman o‘z pozitsiyalarimizni himoya qilish, mustahkamlash uchun doimo foydalanish mumkin bo‘lgan hamma narsani yo‘q qilmoqda», — dedi Zelenskiy.

Bundan tashqari, prezident Rossiyaning kamikadze dronlari tomonidan bir kun avval amalga oshirilgan o‘qqa tutish holati oqibatlari haqida gapirdi. Otilgan 14 ta drondan 11 tasini Ukraina Qurolli kuchlari urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. 

«Afsuski, aniq zarbalar ham bo‘ldi. Xmelnitskiydagi favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining 3 nafar xodimi tan jarohati oldi, ikki nafari halok bo‘ldi. Oilalariga hamdardlik bildiraman. Ikkinchi uchuvchisiz uchoq birinchisidan keyin yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish vaqtida urib tushirildi», - dedi prezident.

Odessa viloyatida keng ko‘lamli uzilishdan so‘ng elektr ta’minotini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. 

«Kechqurungi holatga ko‘ra, barcha muhim infratuzilma va iste’molchilarning katta qismi elektr energiyasi bilan ta’minlangan», dedi Zelenskiy.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top