Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Foto: iStock
Andijonda «Xalq banki»ga tegishli bankomatlardan 430 mln so‘m miqdorida pul o‘g‘irlangan. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Holat bo‘yicha Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari xozirda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.