22:20 / 04.03.2023
17528

Xitoy Rossiyaga qurol berish g‘oyasidan hali ham voz kechmagan - Oq uy 

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, Pekin ogohlantirishlarga qaramay Moskvaga qurol yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: AP

Xitoy haligacha Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish g‘oyasidan voz kechmagan. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Jon Kirbi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi CNN. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Ukrainaga qarshi urushda yordam berish maqsadida Rossiyaga qurol yetkazib berish imkoniyatini hamon ko‘rib chiqmoqda. Biroq, qaror qabul qilingani haqida hali hech qanday dalil yo‘q. 

«Ular buni kun tartibidan olib tashlaganiga ishonmaymiz», dedi Kirbi CNN muxbirining savoliga. 

Fevral oyida AQSh rasmiylari Xitoy o‘zini tinchlikparvar sifatida ko‘rsatish uchun ikki tomonlama o‘yin qilayotganini, aslida Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun qurol yuborish imkoniyatlarini o‘rganayotganini aytgan edi. Gap qaysi qurollar haqida ketayotgani ma’lum emas. 

G‘arb rasmiylari Xitoy Rossiyani qurollantirish yo‘lini tanlasa, oqibatlarga duch kelishi haqida bir necha bor ogohlantirgan. OAV xabarlariga ko‘ra, gap sanksiyalar qo‘llash haqida ketmoqda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top