09:46 / 06.03.2023
51372

Farhod Mannopov o‘limi: holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mittivine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgandi. Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: SUBeKTIV

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning yozishicha, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 116-moddasi bilan ish ochilgan.

«Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etgani yuzasidan tekshirish o‘tkazildi.

Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi qoldirgan postda.

Bloger vafotidan keyin uning o‘limi operatsiya davomida ko‘p miqdorda narkoz yuborish bilan bog‘liq ekani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo bu xabarlar tasdiqlangani yo‘q.

Top