23:53 / 06.03.2023
11056

Turkiya moliyaviy muammolar tufayli Rossiya bilan «gaz habi»ni qurmasligi mumkin 

Zilzilalardan keyin ko‘p narsa o‘zgardi, «gaz habi» bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi. 

Foto: Getty Images

Turkiya Energetika vazirligi Rossiya bilan «gaz habi» qurilishini muhokama qilish bo‘yicha 22 mart kuniga belgilanganIstanbul uchrashuvi o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

«Yo‘q, 22 mart kuni hech qanday anjuman o‘tkazilmaydi, yangi sana belgilanmadi», deb agentlik o‘z manbasi so‘zlarini keltirdi. 

Oldinroq tadbir 14 fevral kuniga belgilangan, ammo zilzilalar tufayli 22 martga ko‘chirilgan edi. Bu safar u noma’lum muddatga qoldirilgan. 

Uchrashuvning qoldirilishi Turkiyadagi halokatli zilzilalar va buning oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy muammolar bilan bog‘liq. Endi Turkiya bu loyihani moliyalashtirishni Rossiya zimmasiga yuklamoqda. 

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Xavfsizlik va tashqi siyosat kengashi a’zosi Chag‘ri Erhon gapirdi. 

«Turkiyada zilzilalardan keyin ko‘p narsa o‘zgargani uchun hab bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi. Ustuvorliklar o‘zgardi. Endi uni qurishga pulimiz yo‘q. Rossiyada pul bo‘lsa, marhamat, habni qurishni boshlasin. Hammasi investitsiyalarga bog‘liq», dedi Erhon. 

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya bilan hamkorlikda «gaz habi»ni ochishni taklif qilgan edi. Bu bilan Rossiya o‘z gazini Turkiya orqali Yevropaga eksport qilishni rejalashtirgan edi. 

Turkiya gaz habi taklifiga ijobiy munosabat bildirdi va ikki davlat rahbarlari tegishli idoralarga ishlarni boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Biroq Yevropa bu taklifni ishtiyoqsiz kutib oldi. G‘arb ommaviy axborot vositalari rus gazini Yevropaga import qilish uchun infratuzilmani yaratish «hech qanday ma’noga ega emas»ligi haqida yozdi. Yevropa komissiyasi esa Yevropa Ittifoqi Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirishga intilayotganini eslatdi. 

Mavzu
Turkiyada vayronkor zilzila
6 fevral tongida Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan 7,8 balli zilzila minglab odamlarni hayotdan olib ketdi.
Barchasi
Top