07:59 / 06.03.2023
6919

Zelenskiy: Donbassdagi janglar - «og‘riqli va og‘ir»

Donetsk va Luhansk viloyatlarida eng og‘ir janglardan biri davom etmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida. 

Foto: president.gov.ua

«Bugun Donbassda jang qilayotgan askarlarning jasorati, kuchi va moslashuvchanligini alohida ta’kidlamoqchiman. Eng og‘ir janglardan biri. Og‘riqli va qiyin», - dedi Zelenskiy «hujumlarni qaytargan, bosqinchini yo‘q qilgan, dushman pozitsiyalari va logistikasini portlatib yuborib, chegaralarimiz va shaharlarimizni himoya qilgan» ukrainalik harbiylarga minnatdorchilik bildirib. 

«Men Baxmut, Vuhledar, Avdeyevka, Seversk, Svatov, Liman va Zaporijjya yo‘nalishlarida davlatimizni himoya qilayotgan barcha armiya vakillari, qo‘riqchilar, chegarachilarga minnatdorchilik bildiraman», - deya qo‘shimcha qildi u.

Ukraina davlati rahbarining qayd etishicha, Rossiya va Rossiyaning Ukrainaga agressiyasida ishtirok etgan barcha shaxslar jazolanishi kerak. 

«Biz qadamma-qadam terroristik davlatning mamlakatimizga, xalqimizga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun to‘liq javobgarligini ta’minlashga intilamiz. Barcha rus qotillari, bu tajovuzning har bir tashkilotchisi, bizning davlatimizga qarshi urushni har qanday tarzda ta’minlaydigan har bir kishi jazolanishi kerak», dedi Zelenskiy va «bu shunchaki adolat haqida orzu emas» dedi. 

«Bu - allaqachon olib borilayotgan ishlar. Bu - biz erishayotgan kelishuvlar. Bular - allaqachon ishlayotgan institutlar va adolatni tiklash uchun yanada faolroq ishlaydi», dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «dunyo Rossiyani urush uchun jazolashda yetarli darajada kuchli». 

«Biz esa jazoni amalga oshirish uchun dunyoga yetarlicha jasorat va yetarli vositalarni beramiz», dedi prezident. U «tegishli yangrashi va amalga oshirilishi uchun huquqiy hamkorlik tarmog‘ini yaratishda yordam bergan» Ukraina sheriklariga minnatdorchilik bildirdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top