10:31 / 07.03.2023
4765

«Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlamoqchi

Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi 2023 yil 21 apreldan boshlab Moskva va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar bilan bog‘lashni rejalashtirmoqda. 

Foto: Uzbekistan Airports

Moskva — Samarqand — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Rossiya aviatashuvchisi vakillari Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan muzokaralarda shu haqda bildirishgan. Muloqot chog‘ida Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

«Pobeda» — «Aeroflot-Rossiya havo yo‘llari» guruhining shu’ba korxonasi, Rossiyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.

Top