15:02 / 09.03.2023
4951

Slovakiya: Kiyevga MiG qiruvchilarini topshirish bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti keldi

Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad Facebook’da Ukrainaga MiG qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti kelganini yozdi. 

Foto: Wikimedia

Idora boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Polsha bu yo‘nalishda birgalikdagi harakatlarga tayyorligini bildirgan. Polsha tomonidan rasmiy tasdiq hali olinmagan. 

«Menimcha, qaror qabul qilish vaqti keldi», dedi Nad. «Ukrainada odamlar o‘lmoqda, biz ularga haqiqatan ham yordam bera olamiz», deya qo‘shimcha qildi u hamda bu masalada siyosatga o‘rin bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Bundan oldin Kiyevni birinchi navbatda AQSh, Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvchi samolyotlari qiziqtiradi, deya ma’lum qilgandi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

«Shu paytgacha hech bir davlat qiruvchi samolyotlar yetkazib berish majburiyatini olmagan. Ammo Buyuk Britaniya kabi ba’zi hukumatlar ukrainalik uchuvchilarni G‘arb qiruvchilariga o‘rgatishini e’lon qilgan, boshqalari esa tez orada buni amalga oshiradi», - dedi Kuleba. 

Unga ko‘ra, qiruvchilar dushman raketalarini urib tushirish orqali Ukraina havo mudofaasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin edi. Bundan tashqari, ular «qarshi hujum uchun» muhim ahamiyatga ega. «Birinchi navbatda, bizni AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qiruvchi samolyotlari qiziqtiradi», dedi vazir hamda bu davlatlar «eng yuqori ishlab chiqarish quvvatlari va eng yirik samolyot parklariga» ega ekanligini ta’kidladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top