30 oktyabr kuni Samarqand şahrida YuNeSKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini muzokara ötkazdi.

Özbekiston bilan Slovakiya örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb jihatlari körib çiqildi.

Barça darajalarda ikki tomonlama almaşinuvlar ijobiy sur’at bilan davom etayotgani, şuningdek, ustuvor yönalişlarda hamkorlik mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yilda siyosiy maslahatlaşuvlar va Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi muvaffaqiyatli ötkazildi. Işbilarmonlik aloqalari faollaşdi. Qöşma korxonalar soni uç barobar köpaydi.

Tovar ayirboşlaş va investitsiyalarning hajmini oşiriş, şuningdek, muhim tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekistondan töqimaçilik, çarm, meva-sabzavot va boşqa xaridorgir mahsulotlar, Slovakiyadan kauçuk, avtomobillar uçun butlovçi qismlar, farmatsevtika va boşqa sanoat tovarlari yetkazib berişni köpaytirişga kelişib olindi. Şu maqsadda milliy mahsulotlar körgazmalarini ötkaziş, savdo uylarini oçiş rejalaştirilgan.

Raqamlaştirişni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.

Banklarning kiberxavfsizlik monitoringini yuritiş va yuk taşişlarni kuzatişning ilğor tizimlarini joriy etiş böyiça qöşma markaz taşkil qiliş masalasini işlab çiqiş taklif qilindi.

Slovakiya biznesi bilan avtomobil butlovçi qismlar, tayyor sut mahsulotlari işlab çiqariş va boşqa yönalişlarda hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyorlik bildirildi.

Gumanitar va ta’lim almaşinuvlarini faollaştiriş istiqbollari körib çiqildi. 2026 yilda Bratislava şahrida ikki mamlakat rektorlarining birinçi forumini ötkaziş, turizm körgazmalari va özaro Turizm kunlarini taşkil etiş taklif qilindi. Tartibli mehnat migratsiyasini yölga qöyiş masalasiga ham töxtalib ötildi.

Köp tomonlama maydonlarda özaro qöllab-quvvatlaş, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.