21:39 / 10.03.2023
93911

O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi 

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, Nukus shahri va viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Foto: REUTERS/Rafael Marchante

2023 yil mart oyidan mobil internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish jarayoni boshlandi. Bu haqda «O‘zbektelekom» axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi. 

Loyiha doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 3 mingdan ortiq mavjud tayanch stansiyasi eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilanadi va 2 mingdan ortiq yangi tayanch stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi. 

Qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga yangilash jarayoni loyihaning muhim bosqichi hisoblanadi. Natijada, mobil aloqa abonentlari beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishi mumkin bo‘ladi. 

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Ishlar yakuniga yetgach, respublika bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishning keyingi bosqichlari tahlil qilinadi. 

Top