15:32 / 10.03.2023
27377

Ukraina bo‘ylab «qasos zarbasi» oqibatlari, Baxmutda qolayotgan askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 379-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya armiyasi Ukraina hududlari bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni mamlakat harbiylari 81 raketadan 42 tasini urib tushirganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi buni «Bryansk oblastidagi teraktlarga javob» deb atadi.
  • Ukrainaning qator shaharlarida elektr va isitish ta’minoti favqulodda o‘chirildi. Kun davomida Zaporijjya AES elektr ta’minotidan uzilib qoldi.
  • Ukraina qurolli kuchlari rossiyalik harbiylar ukrainalik harbiy asrni qatl etgani aks etgan videodagi harbiy shaxsiga aniqlik kiritdi (bu voqea qachon va qayerda bo‘lgani, kim tomonidan s’yomka qilingani noma’lum). Bu Chernigiv oblasti hududiy mudofaa qismi jangchisi Oleksandr Matsiyevskiy bo‘lgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari Sharqiy qo‘shinlar guruhi vakili Sergey Cherevatiy «Baxmut yaqin kunlarda qulashi» haqida aytgan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga munosabat bildirdi. Cherevatiyning hisoblashicha, alyansdagilar «vaziyatdan to‘liq xabardor emas».

Kunning asosiy voqeasi. Ukraina hududi yoppasiga o‘qqa tutildi

9 mart tongida Rossiya qo‘shini Ukraina hududi bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Ko‘plab regionlarda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Kiyev shahri, Odessa, Mikolayiv, Dnipro, Xarkiv, Zaporijjya, Jitomir, Kiyev, Ivano-Frankovskaya, Xmelnitskaya va Ternopil oblastlariga hujum qilingan. Tinch aholi vakillari orasida kamida olti kishi halok bo‘lgani ma’lum.

«Energoatom» rossiyaliklarning 9 mart tongidagi zarbalari oqibatida Zaporijjya AES to‘liq o‘chib qolganini xabar qildi. «Ukrzalіznitsya» («Ukraina temiryo‘llari») kompaniyasi kamida 15 poyezd reysi kechiktirilgani haqida xabar berdi.

RF mudofaa vazirligi bu «2 mart kuni Bryansk oblastida Kiyev rejimi tomonidan uyushtirilgan terrorchilik aksiyasi»ga javoban amalga oshirilgan «qasos zarbasi» bo‘lganini ma’lum qildi.

Quyida Ukrainaning turli shaharlarida yoppasiga raketa zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar.

Rossiyaliklarning chegaradosh Belgoroddan Xarkiv tomonga uchirilgan uch raketasi
Vadim Belikov / AP / Scanpix / LETA
Xersonda halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlari atrofida turgan qutqaruvchilar va politsiyachilar
Ivan Antypenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda yashovchi ayol snaryad parchalaridan shikastlangan devor oldida
Pavlo Pakhomenko / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv atrofidagi Pesochin posyolkasi aholisi raketa zarbasidan hosil bo‘lgan o‘ra atrofida
Pavlo Pakhomenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev g‘arbidagi Svyatoshinskiy rayoniga berilgan zarbalardan chiqqan yong‘in
Ruslan Kaniuka / UKRINFORM / SIPA / Scanpix / LETA
Lvivdan taxminan 50 kilometr masofadagi Velikaya Olshanitsa posyolkasiga berilgan zarba oqibatlari
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Lviv oblastining Zolochevskiy rayonidagi xarobalar orasida turgan it. Uning egalari raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan
Іvanka Dusko / Suspіlne Lvіv

Baxmutdagi ukrain harbiylari

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 8 mart kuni Baxmut yaqin kunlarda qulashi mumkinligini aytdi, shu bilan birga, bu urushda «burilish pallasi» bo‘lmasligini qayd etdi. Bunga javoban Ukraina qurolli kuchlari Sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy 9 mart kuni NATOdagilar «vaziyatdan to‘liq xabardor emasligi»ni aytdi.

«Urushning bir yili davomida ukrainlar ancha barqarorlik va taktik qarorlar kuchiga ega bo‘ldi», — deb hisoblaydi Cherevatiy, shu bilan birga, baribir alyans fikriga «hurmat bilan yondashish kerakligi»ni ta’kidlaydi.

Bundan tashqari, 9 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ham Baxmutdagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. U ukrain qo‘shini rossiyaliklar shaharni operativ qurshovga tushirishiga yo‘l qo‘ymagani, ammo «vaziyat juda murakkabligicha qolayotgani»ni aytgan.

«Bu yerda har bir yurish va qaror uni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kun juda qadrli. Men shaxsiy tarkib bilan faxrlanaman. Yonimda turgan brigada komandirlarining fikrlash tezligini yuqori baholayman», — deya qayd etgan Sirskiy.

Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti esa, Rossiya qo‘shini Baxmut hududining qariyb yarmini egallagan, ko‘p ehtimol bilan, shaharni ikkiga ajratib turgan Baxmutka daryosini chetlab o‘tish uchun shahar shimoli-g‘arbi va janubi-g‘arbiga hujumlarni kuchaytirishi mumkin deb hisoblaydi. RF mudofaa vazirligi so‘nggi brifingida Baxmut yo‘nalishidagi jiddiy muvaffaqiyatlar haqida xabar bermagan.

Ukrainalik harbiylar Baxmut atrofidagi front chizig‘ida pozitsiyani o‘zgartirishga tayyorlanmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy texnikasi oldidan o‘tayotgan baxmutlik ayol
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari gaubitsadan rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchilar tez yordam mashinasida halok bo‘lgan quroldoshini olib ketmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Gulyaypoledagi hayot

Gulyaypole — Zaporojjya oblasti markazidan taxminan 80 kilometr sharqda joylashgan shahar. 2022 yil martida Rossiya qo‘shini shaharni egallashga harakat qilgandi, ammo Ukraina qurolli kuchlari shahar ustidan nazoratni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan buyon front liniyasi Gulyaypoledan atigi uch kilometr naridan o‘tadi.

«Zapad» mudofaa kuchlari hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tez-tez ro‘y beradigan otishmalar tufayli shahardagi «barcha yirik binolar» vayron bo‘lgan, ularning orasida ikki maktab ham bor. Quyida ushbu shahar ko‘rinishi aks etgan suratlar.

Gulyaypoleda vayron bo‘lgan bino
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Gulyaypole aholisi insonparvarlik yordami olmoqda
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Gulyaypoleda vayron bo‘lgan bozor
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Gulyaypoledagi ko‘chalardan birining ko‘rinishi
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top