17:26 / 11.03.2023
23986

Donbassdagi «arvoh qishloq» va dafn marosimidagi vazir. Urush suratlari

Ukrainada urushning 380-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Rosstat» qashshoqlik darajasi tarixiy minimumga pasaygani haqida hisobot berdi. Bu urush qatnashchilari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
  • Moskva birjasidagi savdolar vaqtida yevro kursi 2022 yil 22 aprelidan buyon ilk bor 81 rublga ko‘tarildi.
  • Tadqiqotchi jurnalistlar aniqlashicha, Rossiyada davlat kompaniyalari xodimlari va mansabdor shaxslardan xorijga chiqish pasportlari olib qo‘yilmoqda.
  • CNN ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Ukrainada qo‘lga kiritilgan NATO qurollarining bir qismini Eronga yuborgan.
  • «LXR» sudi ukrainalik huquq himoyachisi, urush davomida asir tushgan Maksim Butkevichni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
  • Ukraina prezidenti ofisidagilar mamlakat qurolli kuchlari qarshi hujumni may oyida boshlashini aytishdi.
  • Xarkiv va Jitomir Rossiyaning 9 mart kungi yoppa raketa zarbalari oqibatida qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
  • Belgiya golodomorni ukrain xalqi genotsidi deb tan oldi.

Bogorodichnoye qishlog‘idagi kechuv joyida portlatilgan ko‘prik

Bogorodichnoye — Donetsk oblastidagi qishloq bo‘lib, Shimoliy Donning o‘ng sohilidagi Svyatogorsk shahridan yetti kilometr masofada joylashgan. Rossiyaning keng ko‘lamli bosqiniga qadar Bogorodichnoyeda 800 nafar atrofida aholi yashagan. 2022 yil bahorida qishloq hududida shiddatli janglar kechgan, yozda Rossiya armiyasi ushbu aholi yashash manzilini bosib olgan. 11 sentabr kuni ukrain harbiylari qarshi hujum davomida ushbu qishloqni ozod etishadi. FreeDOM telekanali ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Bogorodichnoyeda birorta butun bino qolmagan, otishmalar oqibatida mahalliy cherkov ham shikastlangan. Bogorodichnoyeni «arvoh qishloq» deb atashadi — mahalliy aholining deyarli barchasi bosqinga qadar bu yerni tark etgandi, ammo bir necha kishi o‘z uylarida qolgan.

Bogorodichnoye qishlog‘i aholisi Shimoliy Donni vayron bo‘lgan ko‘priq orqali kechib o‘tadi
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi qishloqdan yetti kilometr masofadagi Svyatogorsk shahriga borish uchun vayron bo‘lgan ko‘prik orqali o‘tishga majbur; bu yerdan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish va insonparvarlik yordamlari olish mumkin.

Daryoni belgacha suvga botib kechib o‘tish mumkin
Anatolii Stepanova / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanova / AFP / Scanpix / LETA

Dolina qishlog‘ida snaryadlardan hosil bo‘lgan o‘ralar

Dolina qishlog‘i Donetsk oblastining Slavyansk rayonida, Xarkiv oblasti bilan chegara yaqinida joylashgan. 2022 yil fevraliga qadar Dolinada 550 nafar atrofida odam yashagan. 2022 yil yozida Rossiya qo‘shini aholi yashash manzili atrofiga yetib kelgan, ammo uni egallay olmagan. Rossiya armiya zarbalari oqibatida Dolinadagi deyarli barcha uylar vayron bo‘lgan, aholining aksar qismi qishloqni mart oyidayoq tark etgandi.

2022 yil bahori va yozidagi harbiy harakatlar oqibatlari
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda Dmitro Kotsyubayloning dafn marosimi

Dmitro Kotsyubaylo (Da Vinchi laqabli) — ukrainalik 27 yoshli harbiy xizmatchi, u 2021 yilda Ukraina Qahramoni unvonini olgandi. Kotsyubaylo 2014 yilgi Maydan voqealarida ishtirok etgan, keyingi sakkiz yil davomida «Pravyy sektor» safida jang qilgan va «Volki Da Vinchi» nomi ostidagi shturmchi bo‘linmaga qo‘mondonlik qilgan. U mart oyi boshida Baxmut atrofida halok bo‘ldi. 10 mart kuni Kiyevda Kotsyubaylo bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi. Unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy, mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov, Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov hamda Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin ishtirok etdi.

Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov va Dmitro Kotsyubayloning yaqinlari Kiyevdagi dafn marosimida
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Konstantinovka o‘qqa tutilishi

Donetsk oblasti prokuraturasiga ko‘ra, 10 mart kuni Rossiya kuchlari Konstantinovka shahrini S-300 zenit-raketa kompleksi va «Uragan» baravar o‘t ochish tizimidan o‘qqa tutgan. Natijada sakkiz kishi yaralangan, 14 uy va to‘qqiz avtomobil shikastlangan yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Konstantinovka Donetskdan taxminan 80 kilometr shimolda va Kramatorskdan 35 kilometr janubda joylashgan, bu hudud RF qurolli kuchlarining Donbassdagi strategik maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiya armiyasi shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutib kelmoqda.

Tibbiy xodim rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan aholi vakiliga tez yordam mashinasiga yetib olishida yordam ko‘rsatmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Shahar o‘qqa tutilishi vaqtida ishlayotgan qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar
O‘t o‘chiruvchilar zarba oqibatlarini bartaraf etmoqda
Jabrlangan ayolga yordam ko‘rsatayotgan shifokorlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askarlar Konstantinovkada yashovchi 49 yoshli Oleksandr Nikiforovga yordam ko‘rsatmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Yarador kishi va uning onasi mahalliy shifoxonada navbat kutmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishga urinmoqda, shu bilan birgalikda portlashdan yashirinmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ikkinchi jahon urushi yodgorligidagi vayrongarchilik

YuNeSKO ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil martiga kelib Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatida kamida 246 ta madaniy obekt shikastlangan, ulardan 107 tasi diniy obektlar, 88 ta bino tarixiy yoki badiiy qimmatga ega, shuningdek 20 muzey va 19 yodgorlik bor. «Vajnyye istorii» nashri yozishicha, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon mamlakat hududida Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan sovet askarlarining kamida yettita birodarlik qabristoni yakson etilgan. 

Donetsk oblasti Dolina qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari nomma-nom keltirilgan yodgorlik
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top