Joriy yil 11-15 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati sezilarli o‘zgarishlari sababli respublika tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, quyidagicha hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida.