09:02 / 13.03.2023
26946

2023 yilgi «Oskar» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Foto: Shutterstock

AQShda 95-Amerika kinosan’ati akademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Los-Anjyelesdagi Dolby teatrida 2023 yilgi «Oskar» haykalchalari o‘z egalariga topshirildi.

G‘oliblar:

  • ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jyeymi Li Kyortis, («Hammasi har joyda va birdan»);
  • ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan («Hammasi har joyda va birdan»);
  • Eng yaxshi animatsion film: «Pinokkio Gilermo del Toro»;
  • Eng yaxshi operatorlik ishi: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
  • Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»;
  • Eng yaxshi kostyumlar: «Qora pantera: abadiy Vakanda»;
  • Eng yaxshi grim va turmaklar: «Kit»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: «Irlandcha xayrlashuv»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: «Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot»;
  • Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: «Fillarni qarg‘ovchilar»;
  • Eng yaxshi xorijiy film: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» (Germaniya);
  • Eng yaxshi hujjatli film: «Navalniy»;
  • Eng yaxshi vizual effektlar: «Avatar: suv yo‘li»
  • Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu «RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda» (Hindiston)
  • Eng yaxshi musiqa: «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»
  • Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert («Hammasi har joyda va birdan»);
  • Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yyeo («Hammasi har joyda va birdan»);
  • Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer («Kit»)
  • Eng yaxshi film: «Hammasi har joyda va birdan».

Avvalroq «Navalniy» eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar»ni qo‘lga kiritgani xabar berilgandi.

Los-Anjyelesdagi «Oskar»ni topshirish marosimida ishtirok etgan Yuliya Navalnaya sahnadan turib, erining ozod etilishiga umid qilishini aytdi.

Mavzuga oid
Top