08:05 / 23.03.2023
39004

O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi

O‘zbekistonda yana yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:53 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 39,37 gradus shimoliy kenglik; 69,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 216 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 152 km;
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 188 km;
  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 204 km;
  • Toshkent shahrida 2 ball, 216 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 242 km.

23 martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning qator hududlarida yer silkinishi kuzatilgandi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubi-sharqda.

Toshkent vaqti bilan soat 01:36 da Tojikistonda 3,9 balli ikkinchi zilzila (aftershok) sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 215 km janubi-sharqda.

21 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda ro‘y bergan 6,6 balli zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezilgan, Toshkent shahrida yer silkinishi kuchi 5 ballni, Surxondaryo viloyatida 6 ballni tashkil etgandi.

Top