13:12 / 23.03.2023
8542

Shavkat Mirziyoyev hokimlarga oziq-ovqatni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat izlash kerakligini aytdi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflatsiyasi yiliga 15-20 foizdan pasaymayotgani, o‘simlik yog‘i, sut va go‘shtning jahon narxi so‘nggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa so‘nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.

Eksport-importda logistika, o‘g‘it va yoqilg‘i xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Tahlillarga ko‘ra, bu holat 2023 yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi.

Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qo‘shimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

- Lekin, aholimiz soni o‘sib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat, logistikadagi uzilishlar oziq-ovqatni ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga yanada katta vazifalarni qo‘ymoqda, - dedi davlat rahbari.

Viloyat, tuman hokimlari oziq-ovqatni ko‘paytirish, odamlarni band qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni izlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Top