Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya XJS orderiga asosan Putinni hibsga olmaydi
Rasmiylarga ko‘ra, Xalqaro jinoyat sudi (XJS) asoslanadigan Rim statuti Vengriya huquq tizimiga kiritilmagan.
Vladimir Putin va Viktor Orban / Foto: Getty Images
Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vengriyaga tashrif buyursa, rasmiylar uni hibsga olmaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’muriyati rahbari Gergey Guyyash ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro jinoyat sudi (XJS) asoslanadigan Rim statuti Vengriya huquq tizimiga kiritilmagan.
«Biz Vengriya qonuniga murojaat qilishimiz mumkin va unga asoslanib Rossiya prezidentini hibsga olmaymiz, chunki XJS nizomi Vengriyada tan olinmagan», dedi Guyyash.
Bundan tashqari, u Vengriya hukumati Putinga qarshi chiqarilgan hibsga olish orderi bo‘yicha pozitsiyasini shakllantirmaganini aytdi.
20 mart kuni Vengriya Yevropa Ittifoqining Putinni hibsga olish orderi bo‘yicha qo‘shma bayonotini bloklagan edi. Aytishlaricha, shu sababli Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel o‘z nomidan ushbu mavzu bo‘yicha bayonot berishga majbur bo‘ldi.
Ertasi kuni Vengriya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mate Patsolay bu ma’lumotni rad etdi.
«Haqiqat shuki, Vengriya Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrelga quyidagi pozitsiyani bildirdi: Vengriya XJS qarorini e’tiborga oladi va bu haqda hech qanday izoh berishni istamaydi», dedi u.
Mavzuga oid
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
10:51 / 20.01.2026
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
20:27 / 19.01.2026