23:03 / 24.03.2023
25218

Tomas Tuxel - «Bavariya» bosh murabbiyi

Myunxen klubi iste’foga chiqarilgan Yulian Nagelsmann o‘rniga yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.

Foto: Picture Alliance

«Bavariya» klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Tomas Tuxel jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. Germaniyalik 49 yoshli mutaxassis bilan 2025 yilning yoziga qadar kelishuv imzolandi.

Tuxel hozirga qadar «Mayns», «Borussiya» Dortmund, «PSJ» va «Chelsi» klublarida ishlagan. 

Klub boshqaruv kengashi raisi Oliver Kann, sport direktori Hasan Salixamidjich va jamoa prezidenti Gerbert Haynerning qaroriga ko‘ra, Tuxel Myunxen jamoasida ish boshlagan.

Qayd etish joiz, «Bavariya» Tuxel qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvda 1 aprel kuni o‘z uyida prinsipial raqibi «Borussiya» Dortmundga qarshi maydonga tushadi. YeChL 1/4 finalida esa jamoani «Manchester Siti» kutib turibdi.

Ma’lumot uchun, Tuxel murabbiylik faoliyati davomida 10ta sovringa ega chiqqan, xususan YeChL bosh sovrini va UYeFA Superkubogida zafar quchgan.

Top